—Qizim, yo'q demagin. Yigit juda ham aqlli, esli-hushli ekan. Kelishgangina, topish-tutishi ham yaxshi.
—Oyi, aytdimku, bo'lmaydi, deb. Men uchun xayrliga o'xshamayapdi. 3kecha istoxora namozini o'qib Allohdan so'radim, biror belgi ko'rganim yo'q.
—Eeh, qizim-ey. Qanaqa belgi? Nimalar deyapsan o'zi? Sen bir uchrashib ko'r avval. Mayli, yoqmasa, yo'q deb yuboramiz.
—Alloh men uchun xayrli qilmagan kishi bilan uchrashishimdan nima foyda, oyi? Yo'q deb yuboring, iltimos, bizni ham o'zlarini ham behuda qiynashmasin.
Dilafruz bekorga bunday ishonch bilan gapirmasdi. Agar xayrli bo'lsa, Alloh belgi beradi, deb qattiq ishonardi. Bunday voqealar oldin ham ko'p bo'lgan: yangi uyga ko'chayotganlarida, hozirgi ishiga joylashganida... umuman, u har bir ish oldidan Alloh bilan "maslahatlashish"ni kanda qilmasdi. Shu paytgacha noto'g'ri yo'lga tushib qolgani yo'q, bundan keyin ham adashmasligiga qattiq ixlos qilgandi.
***
—Qizim, kecha kelganlar sal oddiyroq oila ekan, o'g'illari oddiy usta, hunarmand. Birdaniga yo'q deb yuborish noqulay bo'ldi. Nima deysan?
—3kundan keyin aytaman javobimni, oyi.
—O'zimga sal yoqmayroq turibdida shu...
Dilafruz indamadi. Shu kech odati bo'yicha ixlos bilan istixora namozini o'qib, astoydil duo qilib so'radi. O'rniga yotib, uxlab qolgunicha salovatlar aytib yotdi....
***
—Oyi, anavi hunarmand borku...o'shanga rozilik berib yuboravering...
—Nimalar deyapsan? Qanday joylardan kelmadiya, sovchilar?! Oddiy hunarmandga beramizmi?
—Oyi, men Allohga tavakkul qilib qo'yganman, U Zot O'ziga ishonganlarni tashlab qo'ymaydi!
***
To'y o'tdi. Kuyov bola rizqini halollab topadigan oddiy usta yigit edi. To'ylaridan keyin ishlari yurib keta boshladi, qisqa vaqtda qarzlaridan ham qutuldi. Onasi Dilafruzni o'zgacha ardoqlar, "qutlug'qadam kelinim", deya boshiga ko'tarardi. Vaqt o'tib, birin-ketin fazandlari ham dunyoga keldi. Dilafruz o'zini juda ham baxtli his qilardi. Namozlarida, duolarida, shukr qilishni kanda qilmasdi:
"Allohim, O'zingga shukr, adashtirmading!"
Бу блог орқали қандай мавзуни ёритишим, нима ҳақида ёзишимни, рости, ҳали ўзим ҳам билмайман. Шунчаки, Бир кўнгилдан бошқа кўнгил(лар)га йўлланган Мактуб деб қабул қилгайсиз...
Комментариев нет:
Отправить комментарий